Bayramoldi O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun bo‘ladi. Havo harorati 10-15° dan yuqoriga ko‘tarilmaydi va me’yoriy qiymatlarga teng bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 6 mart kuni janubi-g‘arbiy hududlardan bulutli oqimlar chiqa boshlaydi va Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, mamaqaldiroq kuzatilishi mumkin, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qolgan xududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.

7 mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 8-13° iliqni tashkil etadi.

"Xalqaro xotin-qizlar kunida doim yomg‘ir yog‘adi degan gaplar tarqalganiga qaramasdan, bu yilning mart oyi xotin-qizlarimizni ancha iliq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bilan hursand etadi", deyiladi O‘zgidromet xabarida.

8 mart kuni Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17° iliqni tashkil etib, biroz me’yordan yuqori bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida shu davr ichida qor ko‘chish ehtimoli saqlanib qoladi, ehtiyot bo‘ling!


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing