Bayram kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi ochiqlandi

Bu qiziq

image

Avgust oyining oxirgi kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va xuddi yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Bunday holat janubi-g‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari 15-20 darajani, kunduz kunlari 30-35 darajani tashkil etadi.

Sentyabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba’zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni 36-39 darajagacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing