Bayram kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin havo oqimi kiradi

Bu qiziq

image

30 va 31 avgust kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 31 avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublika bo‘yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va +28…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Sentyabr oyining ilk kunlari ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 15…+20, kunduzi +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30-31 avgust va 1-2 sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda sentyabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida ob-havo odatda issiq va kam bulutli bo‘ladi.

Qisqa muddatli yomg‘ir faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi +25…+30 darajadan +32…+37 darajagacha o‘zgarib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing