Bayram kunlari O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

So‘nggi haftada mintaqa uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo kuzatildi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan birin-ketin nam havo massalari kirib keldi. 

Biroq Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, bugun, 31 avgust va 1-3 sentyabr bayram kunlarida respublika bo‘ylab mo‘’tadil hamda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

31 avgust hamda 1-3 sentyabr bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab esa sezilarli darajada salqin – harorat 14-17 daraja atrofida iliq bo‘ladi. 

Poytaxt Toshkent shahrida 31 avgust 1-2 sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli, 3 sentyabrda ham bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing