Bayram kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston aholisi bayramni qulay ob-havo sharoitida kutib oladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Bugun, 26 iyun kuni respublika bo‘yicha harorat 30-33 daraja, janubda 39-41 daraja issiq bo‘ladi. 

27-30 iyun kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi va 34-37 daraja, janubda 39-41 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Faqat 1-2 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 42 daraja issiqgacha ko‘tariladi.

Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 26-28 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 iyunda shimolda, 27-29 iyunda respublikada ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34 daraja, 27-30 iyunda 34-37 daraja, 1-2 iyulda 37-40 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing