Bayram kunlari ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlaydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 18-22 mart kunlari O‘zbekistonda aholiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bayram kunlarining istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yining 18, 19, 20 hamda 22 mart kunlari Davlat xizmatlari markazi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish imkoni yaratilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing