Baydenning Ukraina bo‘yicha siyosati Uchinchi jahon urushiga olib keladi – Tramp
Olam
−
21 fevral 2023
7321AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina bo‘yicha siyosati bilan insoniyatni uchinchi jahon urushi sari undayotgan bo‘lishi mumkin. Bu fikrni bugun, 21 fevral kuni Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Agar siz Baydenning Ukrainaga nisbatan qo‘ygan qadamlarini kuzatib, tushunsangiz, u tizimli ravishda, ehtimol ongsiz ravishda bizni tez orada uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkin bo‘lgan holatga undayotganini ko‘rasiz. Bu aqldan ozish emasmi?” deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, u kecha, 20 fevral kuni Floridada bo‘lib o‘tgan mitingda agar Amerika ma’muriyati rahbari lavozimiga qayta saylansa, darhol Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, imkon qadar tez Ukraina atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun uchrashuv tashkil qilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 20 fevral kuni Ukrainaga kutilmaganda tashrif buyurgan va u yerda Ukraina Prezidenti Zelenskiy bilan ko‘rishgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi