Baydenning o‘g‘li 25 yilga qamalishi mumkin
Olam
−
11 iyun
6509Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda. Sud unga nisbatan 25 yilgacha qamoq jazosi tayinlashi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, 54 yoshli kichik Bayden 2018 yilning oktyabr oyida “Colt Cobra 38 Special revolver” deb nomlangan qurolni sotib olish davomida ro‘yxatga olish organlariga yolg‘on ma’lumot berganlikda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qurol sotib olishda u kerakli hujjatlarni to‘ldirganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligini qayd etgan va noqonuniy yo‘l bilan qurolni rasmiylashtirgan. Keyinchalik Xanterning 2015 yildan 2019 yilgacha giyohvand moddalarni muntazam iste’mol qilgani ochiqlangan.
“Aslida u bu bayonot yolg‘on ekanligini bilar edi”, deb ta’kidlaydi prokuror.
Xanter Baydenning advokatlarining ta’kidlashicha, o‘sha paytda u faqat alkogolga moyilligini tan olgan, bu unga o‘qotar qurol sotib olishni taqiqlamasligi kerak.
AQSH Federal qonuni giyohvandlikka moyil bo‘lgan odamlarga qurol saqlashni taqiqlaydi. Birlashgan ayblovlarga ko‘ra, Bayden maksimal 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq, “Washington Post” gazetasiga ko‘ra, kichik Bayden ancha yengilroq jazoga tortiladi, chunki uning jinoiy ishi yo‘q va o‘zi giyohvandligini tan olgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq AQSH Prezidentining o‘g‘li soliq qonunchiligini buzganlikda ayblanib, sudlangandi. Aniqrog‘i, u 1,4 million dollar soliq to‘lamaganlikda ayblangan.
LiveBarchasi