Baydenning maxfiy hujjatlari yo‘qoldi. Bu saylovga ta’sir ko‘rsatadimi?

Olam

image

Fox News telekanali Demokratik partiyadan AQSH Prezidentligiga nomzod va sobiq vitse-prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenning maxfiy hujjatlar yo‘qolgani haqida xabar berdi.

Telekanal joriy yilning 26 oktyabr kuni Bayden oilasiga taalluqli bir qator hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Boshlovchi Taker Karlson hujjatlarning ishonchli ekanligiga kaoflat berdi.

Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, u va hamkasblari Nyu-Yorkda bo‘lib turgan prodyuserdan mazkur hujjatlarni jo‘natishni so‘ragan, ammo jo‘natish jarayonida ular g‘oyib bo‘lgan.

“Baydenga aloqador hujjatlar Los-Anjelesga yetib kelmagan. 27 oktyabr kuni ertalab transport kompaniyasidan bizning paketimiz ochilgani va ichidagi ma’lumotlar g‘oyib bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot oldik”, dedi taqdimotchi.

"Kompaniya mazkur masala yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi, ammo hozirda hujjatlar qanday g‘oyib bo‘lgani to‘g‘risida aniq dalillar mavjud emas. Ammo bu saylovoldi kompaniyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin", deya xulosa qildi Karlson.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing