Baydenning kirdikorlarini fosh etuvchi dalillar topildi
Olam
−
27 Sentabr 2023
13031Respublikachi kongressmenlar AQSH yetakchisi Jo Bayden o‘z iddaolaridan farqli o‘laroq, o‘g‘li Hanterning Xitoydagi biznesiga aloqadorligi haqida yangi dalillar topdi. Bu haqda kecha, 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bayonot berdi.
Uning aytishicha, yangi ma’lumotlar “Prezident Bayden yana amerikaliklarga yolg‘on gapirganini” ko‘rsatmoqda.
“Bizga yaqinda ma’lum bo‘lishicha, u vitse-prezident bo‘lgan va 2013 yilda vitse-prezidentning samolyotida Xitoyga ketganida, uning o‘g‘li Hanter Bayden u bilan birga bo‘lgan”, degan Makkarti.
Unga ko‘ra, Amerikaning amaldagi rahbarining o‘g‘li Xitoyga tadbirkor Jonatan Li bilan uchrashish uchun borgan.
“Bugun biz Bayden prezidentlikka da’vogarlik paytida uning oilasi Xitoydan hech qachon pul olmaganini aytgan edi. Biz Baydenning so‘zlari yolg‘onligini aniqladik. Unga ko‘ra, Pekindan Jonatan Li tomonidan Hanter Baydenga qiymati 250 ming dollarlik ikkita chek yuborgan. Bilasizmi, manzil Jo Baydenning uyi bo‘lgan”, deb aytgan kongressmen.
Uning da’vo qilishicha, Hanter Bayden o‘sha paytda Delaverdagi uyida emas, Kaliforniyada yashagan.
Makkartining ta’kidlashicha, Baydenlar oilasining advokati barchani “ular hech qachon bu odamdan pul olmagan”iga ishontirgan.
“Endi biz Jo Bayden nafaqat xitoylik tadbirkor bilan do‘stlashgani, balki uning farzandlari uchun kollejga tavsiyanomalar yozib berganini bilamiz. Demak, Prezidentning Xitoydan hech qachon mablag‘ olmagani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi respublikachi.
Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi raisi Jeyms Komer 26 sentyabr kuni ma’lumotlar qonunchilar so‘rovi asosida bank vakillaridan olinganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Makkarti Baydenning impichmenti bo‘yicha ovoz berish ehtimoli e’lon qilinishidan oldin rasmiy tergov boshlashga qaror qilgandi. U mazkur tergov Amerikaning amaldagi rahbari o‘g‘li Hanter Baydenning biznes bitimlaridan foyda olgan-olmaganini aniqlashga qaratilganini aytgandi.
LiveBarchasi