Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Olam
−
23 noyabr 2020
5263Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan Prezidentlik saylovlarida g‘olib, deb e’lon qilingan Demokratlardan nomzod Jo Bayden qisqartirilgan inauguratsiya marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bayden Oq uy ma’muriyati rahbari etib tayinlamoqchi bo‘lgan nomzod Ron Klaynning yordamchisi ma’lum qildi.
Klaynning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning 2021 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan vazifasiga kirishish marosimida mavjud an’analarning qisqartirilgan versiyasidan foydalaniladi.
“Biz odamlar bayram qilishni xohlashlarini bilamiz. Bu yerda g‘alabani nishonlash uchun juda ko‘p narsa bor. Biz marosimni iloji boricha xavfsizroq o‘tkazish yo‘lini topmoqchimiz”, deydi u.
An’anaga ko‘ra, AQSH Prezidentining vazifasiga kirishish marosimi Vashingtondagi Kapitoliy oldida o‘tkaziladi. Marosim davomida saylangan davlat rahbari qasamyod qabul qiladi va nutq so‘zlaydi. Marosimda Vashingtonga ko‘plab tomoshabinlar jalb qilinadi.
AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. G‘olib hali rasman e’lon qilinmagan. AQSH yetakchi ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden saylovda g‘olib chiqqan. Uning o‘zi ham Prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini e’lon qildi.
Amaldagi rahbar Donald Tramp esa qayd etilgan natijalardan norozi. U saylovlarda ko‘plab qonunbuzarliklar bo‘lganini bir necha bor ta’kidladi. Shuningdek, amaldagi Prezident pochta orqali ovoz berish usulini rad etib, ovoz berish kunidan keyin berilgan ovozlarni hisobga olmaslikni talab qildi. Bayden esa barcha byulletenlarni hisoblash tarafdori.
Natijada, Trampning jamoasi bir necha muhim shtatlarda sud orqali ovozlarni qayta hisoblashni talab qildi. Jorjiyada saylov byulletenlari qo‘lda sanab chiqilgan, ammo nomzodlar orasidagi bo‘shliq 0,5 foizdan past bo‘lib, ovozlarni qayta sanashga imkon beradi. Natijada, Tramp shtab-kvartirasining iltimosiga binoan, ushbu shtatdagi g‘alaba talab qilingan 270 ovozdan 16 ta saylovchilar ovozi mashinalar yordamida qayta tekshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp vaksina ishlab chiqaruvchilarni saylovlarda unga qarshi fitna uyushtirishda ayblagandi.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasining yuqori martabali a’zolari yordamida ba’zi shtatlarda saylovchilar ovozlarini uning foydasiga qayta ko‘rib chiqilishini xohlayotganini aytdi.
Umidjon Nozimjonov
LiveBarchasi