Baydenning 1915 yil bo‘yicha bayonoti tarixiy haqiqatdan yiroq – Erdo‘g‘an

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning 1915 yilda Usmonli davlatida sodir bo‘lgan voqealar haqidagi bayonotlari tarixiy haqiqatga zid, buzib ko‘rsatilgan va ishonchsiz ma’lumotlarga asoslangan va Anqara uchun hech qanday ma’noga ega emas. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha telemurojaatida aytib o‘tdi.

“Janob Bayden armanlar tarixini to‘g‘ri o‘rganishi va bilishi kerak. Biz uni bu tarixni bilmay turib Turkiyaga qarshi chiqishga uringanini kechira olmaymiz”, degan Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning 1915 yil voqealari haqidagi bayonotlari e’tiborga loyiq emas, chunki ular mutlaqo yolg‘on va ishonchsiz ma’lumotlarga asoslangan.

“Armanistonning da’volariga oid bayonotlar, agar turli mamlakatlar hukumatlari va parlamentlari tomonidan tan olingan, deb aytish mumkin bo‘lsa, biz uchun hech qanday kuchga ega emas”, degan Prezident Erdo‘g‘an.

Qayd etish kerakki, kecha, 25 aprel kuni Prezident Jo Bayden 1915 yil voqealari yuzasidan bayonot bergandi. U o‘z nutqida 1915 yildagi mojaroni genotsid deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

441

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing