Baydenda yana adashish. U bu safar Tramp bilan Obamani chalkashtirib yubordi
Olam
−
29 iyul 2021
7971Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden kecha, 28 iyul kuni C-SPAN telekanali tomonidan namoyish etilgan Pensilvaniya shtatidagi nutqi paytida avvalgi Prezidentlar Barak Obama va Donald Trampni chalkashtirib yubordi.
Bayden nutqi davomida, 2009 yildagi Prezident Donald Tramp unga avtosanoatni inqirozdan olib chiqish vazifasini berganini aytdi. Biroq, darhol u vitse-prezident bo‘lgan vaqti davlat rahbari Barak Obama ekanligini aytib, adashgani uchun uzr so‘radi.
Ma’lumot o‘rnida, Barak Obama 2009 yildan 2017 yilgacha AQSH Prezidenti lavozimida ishlab kelgan va undan so‘ng rahbarlik lavozimini Donald Tramp egallagan.
Avval ham Jo Baydenda adashish holatlari ko‘p kuzatilgan. Masalan, u vitse-prezident Kamola Xarrisni “Prezident” deb atagan, Rossiya rahbari Vladimir Putinning ismini noto‘g‘ri talaffuz qilgan, "emlash" bilan "eskalatsiya" so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya bilan, Iroqni Eron bilan adashtirib yuborgan.
LiveBarchasi