Bayden jamoatchilik guvohligida vaksina qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jozef Bayden koronavirus vaksinasidan keng jamoatchilik ko‘z o‘ngida foydalanishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u CNN`ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

U bilan intervyu olib borgan jurnalist demokratdan 20 yanvarga belgilangan inauguratsiya arafasida va jamoatchilik oldida emlanishi mumkinmi, deb so‘radi. 

“Men buni amalga oshirishdan xursand bo‘laman”, deb javob berdi Bayden.

U buni AQSH Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi vaksinaning xavfsizligini tasdiqlasagina amalga oshirishi mumkinligini aytdi.

Bayden AQSHda “odamlar vaksinaning samaradorligiga ishonchini yo‘qotib qo‘yayotganidan” xavotir bildirdi. Demokratning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning sobiq rahbarlari koronavirusga qarshi ommaviy ravishda emlashga tayyor ekanliklarini e’lon qilib, “qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib berishdi”. Bayden ta’kidlaganidek, “amerikaliklarga vaksinaning xavfsizligini yetkazish juda muhim”.

100 kun niqob bilan

Bayden 2021 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyadan so‘ng, pandemiya nuqtai nazaridan amerikaliklardan kamida 100 kun davomida himoya niqoblarini taqib yurishlarini so‘ramoqchi.

"Faqatgina 100 kun, abadiy emas. O‘ylaymanki, biz (infeksiya yuqtirganlar sonining) sezilarli pasayishining guvohi bo‘lamiz”, dedi Jo Bayden.

Bayden barcha AQSH aholisini jamoat transportida, shuningdek, federal hukumatga tegishli binolarda himoya niqobini taqishni majburiy etib belgilash niyatida ekanligini ta’kidladi. Demokratning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon jamoat joylarida har doim niqobda bo‘lib, vatandoshlariga o‘rnak ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Jo Bayden

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing