Bayden Yevropaga 3000 askar jo‘natishga buyruq berdi
Olam
−
14 iyul 2023
5301AQSH Prezidenti Jo Bayden harbiylarga Yevropadagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 3000 zaxiradagi askarni chaqirishga ruxsat berdi. Bu haqda kecha, 13 iyul kuni “Politico” xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin haqiqatan ham yaqin kelajakda ushbu rezervchilarni joylashtirishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Biroq bu harakat AQSH armiyasining Yevropadagi o‘quv missiyasi, shuningdek, bosqindan keyin bir nechta yangi brigadalarning joylashtirilishi xodimlar sonining qisqarishiga olib kelganidan dalolat beradi.
AQSH qo‘shinlarining Yevropa qo‘mondonligi vakili kapitan Bill Spiksning so‘zlariga ko‘ra, qaror Yevropa qo‘mondonligiga qit’ani himoya qilish uchun “ko‘proq moslashuvchanlik” beradi, biroq Yevropadagi kuchlarning haqiqiy hajmini o‘zgartirmaydi.
“Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy va asossiz urushidan so‘ng NATOning sharqiy qanoti mudofaasini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligimizni tasdiqlaydi”, deydi Pentagon qo‘shma qarorgohi operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Duglas Sims.
Shuningdek, Baydenning farmoni Pentagonga zaxiradagi kuchlarni jalb qilish va bu qo‘shinlarni jihozlar bilan ta’minlash uchun tezlashtirilgan xaridni amalga oshirish vakolatidan foydalanish imkonini beradi.
LiveBarchasi