Bayden yana koronavirusga chalindi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden yana koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatdi va u qattiq rejimdagi izolyatsiyaga qaytmoqda. Bu haqda AQSH rahbarining davolovchi shifokori Kevin O'Konnor ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida bu ijobiy holat organizmi tiklanganidan dalolat beradi. 

Shu bilan birga, Amerika yetakchisida kasallikning aniq belgilari yo‘q, u o‘zini yetarli darajada yaxshi his qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyul kuni 79 yoshli Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta ijobiy natija ko‘rsatdi. U Oq uyda izolyatsiya qilindi va virusga qarshi dorilar bilan davolandi. 

Shundan so‘ng, joriy yilning 27 iyul kuni Jo Bayden koronavirus uchun yana test topshirdi va natija salbiy chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing