Bayden yana qancha yashay oladi?
Olam
−
17 fevral 2023
15050AQSH Prezidenti, 80 yoshli Jo Bayden kecha, 16 fevral kuni ko‘kragidagi mayda teri o‘simtasi olib tashlangandan keyiingi tekshiruvdan so‘ng shifokorlar tomonidan sog‘lom va “xizmatga yaroqli” deb e’lon qilindi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentda ko‘pincha COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga ta’sir qiladigan “uzoq kovid” alomatlari yo‘q.
Bayden o‘tgan yili koronavirus bilan kasallangan edi.
Davlat rahbarining davolovchi shifokorining so‘zlariga ko‘ra, 80 yoshli Bayden hamon “barcha vazifalarini hech qanday istisno va imtiyozlarsiz” bajarishi mumkin.
“Prezident xizmat qilishga yaroqli bo‘lib qoladi va o‘zining barcha vazifalarini hech qanday istisno va imtiyozlarsiz to‘liq bajaradi”, deydi Oq uy shifokori Kevin O'Konnor tibbiy hisobotida.
Prezidentning tibbiy ko‘rik natijalari jiddiy e’tibor markazida bo‘ldi, chunki Bayden yaqinda 2024 yilgi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yishi kutilmoqda. Shifokorning hisobotida, shuningdek, uning biroz og‘ir qadam tashlashi 2021 yil noyabrdagi oxirgi tekshiruvdan beri yomonlashmagani aytiladi.
Baydenning o‘zi tibbiy tekshiruv yaxshi o‘tganini aytdi.
“Hammasi juda yaxshi o‘tdi. Kichik ne’matlar uchun Xudoga shukur”, deYdi u hazillashib “NBC News” telekanaliga.
Vashington chekkasida joylashgan Uolter Rid Milliy harbiy tibbiyot markazidagi tibbiy tekshiruv Prezidentning 2021 yil yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri ikkinchi keng ko‘lamli tekshiruvi bo‘ldi.
Bayden xolesterin darajasini past darajada ushlab turish uchun statin “Krestor”, asemptomatik atriyal fibrilatsiyaga qarshi antikoagulyant va mavsumiy allergiya hamda jig‘ildon qaynashi uchun dori-darmonlarni qabul qilmoqda.
“Prezidentning ko‘krak qafasidan suyuq azot bilan kichik bo‘lak olib tashlandi va biopsiyaga yuborildi”, deydi Kevin O'Konnor.
Baydenning vazni 2,7 kg ga kamaydi – 2021 yilning noyabridagi 83 kgdan bugungi kunda 80,7 kg gacha. Tana massasi indeksi 25 dan 24,1 gacha kamaydi va qon bosimi biroz oshdi: 120/70 dan 126/78 gacha.
Oq uy matbuot kotibi Karine Karin Jan-Per Baydenning yoshi bilan bog‘liq xavotirlar haqida jurnalistlarga shunday dedi:
“Bu mashaqqatli jadval bilan kunu kun mashaqqatli tarzda ishlab, natijaga erishadigan Prezident”.
Reuters/Ipsos agentligining 6-13 fevral kunlari o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, amerikaliklarning to‘rtdan uch qismi, jumladan, demokratlarning yarmidan ko‘pi va respublikachilarning katta qismi Baydenni Prezident lavozimini egallash uchun juda qari deb hisoblaydi. Demokratik respondentlarning aksariyati prezidentning ruhiy jihatdan barqarorligini aytishdi, biroq ularning yarmiga yaqini u barcha davlat rahbarlari duch keladigan jismoniy qiyinchiliklarga dosh bera olmaydi, deb hisoblaydi.
LiveBarchasi