Bayden va Si Szinpin uchrashdi
Olam
−
14 noyabr 2022
9288Bugun, 14 noyabr kuni Indoneziyada Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchsi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bayden Amerika Prezidenti bo‘lganidan beri Si bilan birinchi bor yuzma-yuz ko‘rishdi.
Bayden va Si Balidagi Nusa Dua ko‘rfazidagi hashamatli Mulia mehmonxonasida uchrashgan. Xitoy va AQSH bayroqlari oldida qo‘l siqishgan.
Ular Tayvan, Ukraina va Shimoliy Koreyaning yadroviy ambitsiyalari haqida gaplashadi. Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirokisiz o‘tayotgan G20 bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, Xitoy yetakchisi Si bugun, 14 noyabr kuni Indoneziyaga uchib kelgan. Bayden esa 13 noyabr kuni Baliga kelgan.
Ma’lumot uchun, Si va Bayden oxirgi marta 2015 yilda yuzma-yuz uchrashgan. O‘shanda Bayden Ameriakaning vitse-prezidenti edi. U Prezident sifatida ishga kirishganida pandemiya avj olganligi sababli Si Szinpin bilan onlayn suhbatlashgan.
LiveBarchasi