Bayden va Putin qachon uchrashishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden iyun oyida uchrashishi mumkin, ammo yakuniy qaror ko‘plab omillarni hisobga olib, qabul qilinadi. Bu haqda Putinning yordamchii Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakov amerika tomoni ikki davlat rahbarlari uchrashuvini o‘tkazish niyatida ekanini aytgan. Biroq sammit o‘tkazish amaliy tartibda muhokama qilinmayapti.

“Hozircha amaliy tartibda muhokama qilinmayapti, lekin signal bor, ko‘rib chiqyapmiz. Qaror, albatta, ko‘plab omillarni hisobga olgan holda qabul qilinadi”, degan RF Prezidenti yordamchisi.

Ushakov Putin va Bayden uchrashuvining taxminiy muddati borasida iyun oyi ko‘rilayotganini, hatto aniq sana ham borligini qo‘shimcha qilgan. Ammo u aniq sanani aytmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bayden va Putin 13 aprel kuni telefon orqali muloqot qildi. Muloqot vaqtida Bayden uchinchi davlatda Rossiya-AQSH sammitini o‘tkazish taklifini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing