Bayden o‘z repertuarida: Jo bu safar Oq uyda adashib qoldi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyga kiraverishda adashib qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jo Bayden AQSHning Delaver shtatidagi xizmat safaridan qaytganidan so‘ng, Oq Uyga kirishda adashib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolavhaga ko‘ra, Prezidentning qo‘riqchisi unga kirish yo‘lini ko‘rsatgan. Biroq, Jo burilishning o‘rniga to‘g‘ridan -to‘g‘ri maysalar orasidan o‘tib ketgan.

Ushbu voqea respublikachilarning 78 yoshli Baydenga nisbatan yangi tanqid to‘lqinini keltirib chiqardi. Ular Prezident o‘z qarorgohiga kiraverishda adashib ketganiga norozilik bildirib, uning aqliy fikrlash qobiliyatini shubha ostiga olgan. 

Eslatib o‘tamiz, avval ham Jo Baydenda adashish holatlari ko‘p kuzatilgan. Masalan, u vitse-prezident Kamola Xarrisni “Prezident” deb atagan, Rossiya rahbari Vladimir Putinning ismini noto‘g‘ri talaffuz qilgan, “vaksinatsiya” bilan “eskalatsiya" so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya bilan, Iroqni Eron bilan adashtirib yuborgan. Shuningdek, u iyun oyida Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” (G7) davlatlari rahbarlarining sammitida ham adashib, mahalliy aholi o‘tirgan restoranga kirib qolgandi.

Bundan tashqari, joriy yil 28 iyul kuni Jo Bayden C-SPAN telekanali tomonidan namoyish etilgan Pensilvaniya shtatidagi nutqi paytida avvalgi Prezidentlar Barak Obama va Donald Trampni chalkashtirib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing