Bayden o‘zida yo‘q xursand. U Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiyani tabrikladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani, uch tomonlama hujjat imzolangani munosabati bilan Turkiya, va Shvetsiyani tabrikladi. 

Prezident Bayden Oq uyda Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan uchrashuvi chog‘ida olingan suratni Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi. 

“Men Finlyandiya, Shvetsiya va Turkiyani uch tomonlama memorandum imzolangani bilan tabriklayman. Bu Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zoligi masalasida juda muhim qadam, bu qadam ittifoqimizni mustahkamlaydi va jamoaviy xavfsizlik darajasini oshiradi. Biz NATO sammitini boshlayapmiz. Bu ajoyib “start”, deb yozadi Bayden. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni Turkiya, Finlyandiya Prezidentlari, Shvetsiya Bosh vaziri va NATO Bosh kotibi ishtirokida NATO sammiti oldidan to‘rt tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, uch mamlakat Tashqi ishlar vazirlari “Uchlik memorandumi”ni imzoladilar. Memorandumga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda barcha talablarni bajaradi, Turkiyada terroristik tashkilot deb tan olingan tuzilmalar – Kurdiston ishchi partiyasi, Suriya xalq mudofaasi otryadi va FETO bilan muloqotni to‘xtatadi va o‘zi ham ularni terroristik tashkilot sifatida qayd etadi. Qolaversa, milliy qurol-yarog‘ embargosi olib tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya Finlyandiya Jo Bayden

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing