Bayden Ukrainaga mina yetkazib berishni ma’qulladi – WP
Olam
−
20 noyabr
2094AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat berdi. Bu haqda amerikalik ikki rasmiyga tayanib “The Washington Post” (WP) xabar berdi.
Ularga ko‘ra, bu qaror “Rossiya qo‘shinlarining Ukraina sharqida kuchayayotgani” ehtimoli bilan oqlanadi. Manbalarning ta’kidlashicha, piyodalarga qarshi minalar faqat Vashington Ukrainaniki deb hisoblagan hududda qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, bu chora Bayden ma’muriyatining 2022 yilda piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni cheklash, ularni Koreya yarimorolidan tashqarida samarali tark etishga qaror qilgan siyosatiga ziddir. Nashrning eslatishicha, Bayden prezidentlikka nomzod sifatida AQSHning 45 prezidenti Donald Trampni uning ma’muriyati piyodalarga qarshi minalardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgani uchun qattiq tanqid qilgan. Demokrat bu qarorni beparvolik deb atagandi o‘shanda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyada qatnashayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini himoya qilish uchun o‘z ixtiyoridagi ATACMS uzoq masofali raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi