Bayden Ukrainaga bermagan yordamini Tayvanga va’da qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 23 may kuni rasmiy Vashington “yagona Xitoy” siyosatiga sodiq qolganiga qaramay, Tayvanga hujum qilinsa, Amerika harbiylari aralashishini ma’lum qildi.

Bayden Tokiodagi matbuot anjumanida, “Tayvanni himoya qilish uchun AQSH harbiy jihatdan aralashuvga tayyormi yoki yo‘qmi”, degan savolga, “Ha, va bu biz zimmamizga olgan majburiyatdir”, deya javob bergan.

Matbuot anjumani chog‘ida Kisida, o‘z navbatida, Yaponiya o‘zining mudofaa qobiliyatini, jumladan, Tayvan zonasidagi vaziyatni hisobga olgan holda mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi. Ikki davlat rahbarlari, shuningdek, yana bir bor mintaqadagi har qanday nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, o‘rnatilgan dunyo tartibini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining uch kunlik Osiyoga safari chog‘ida Janubiy Koreyada bo‘ldi. 21 may kuni Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrif bilan bordi. Bu uning lavozimga kirishganidan keyin Yaponiyaga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi urush boshlanishidan oldin, Rossiya hujum qilsa, harbiy harakatlarga aralashmasligini aytgandi. Ammo Tayvan masalasida Bayden boshqacharoq pozitsiya oldi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

412

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing