Bayden Turkiyaning ayollarni himoya qilish konvensiyasidan chiqishini asossiz deb atadi

Olam

image

Turkiyaning ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi Istanbul konvensiyasidan chiqish to‘g‘risidagi qarori butun dunyo bo‘ylab ayollar huquqlarini himoya qilish xalqaro harakati uchun orqaga tashlangan qadamdir. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uydagi bayonotida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning konvensiyadan “to‘satdan va asossiz ravishda chiqib ketishi” chuqur umidsizlik uyhotadi.

“Dunyo miqyosida oilaviy zo‘ravonlikka qarshi konvensiyani imzolagan birinchi davlat bo‘lgan Turkiyada ayollarning o‘ldirilishi ko‘paygani haqidagi xabarlarni ko‘rmoqdamiz”, deydi Bayden.

Baydenning ta’kidlashicha, mamlakatlar ayollarni himoya qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga intilayotgan xalqaro shartnomalarni rad etish o‘rniga, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini kuchaytirish ustida ishlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 mart kuni Turkiya ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasidan chiqishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing