Bayden Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden epimarkazi Turkiyaning Qahramanmarash shahri bo‘lgan halokatli zilzila oqibatlaridan afsusda ekanini bildirdi. 

“Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatida qurbon bo‘lgan va vayronagarchiliklardan chuqur qayg‘udamiz. Men o‘z jamoamga vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishni va Turkiya bilan kelishilgan holda barcha zarur yordamni ko‘rsatishni buyurdim”, deydi Oq uy rahbari Twitter’dagi sahifasida. 

Oq uy rahbari o‘z ma’muriyati a’zolariga vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish va Turkiya bilan kelishilgan holda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida mamlakatda 1498 nafar, qo‘shni Suriyada 800 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar soni minglab kishi. Dastlab, magnituda 7,4 deb baholangan, keyin Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu ko‘rsatkichga oydinlik kiritdi: u 7,7 ni tashkil qildi. Keyinroq Turkiyada 7,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. 

Ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston Anqaraga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Turkiyaga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing