Bayden Trampning TikTok bo‘yicha qarorini bekor qildi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerikaning sobiq rahbari Donald Trampning TikTok va WeChat’ni taqiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini qaytarib oldi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.  

Baydenning ijro etuvchi buyrug‘i sobiq rahbarning ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish to‘g‘risidagi qoidalarini, shuningdek, Trampning boshqa sakkizta aloqa va moliyaviy texnologiyalar bilan bog‘liq dasturlarni qo‘llash bo‘yicha buyrug‘ini bekor qildi. Shu bilan birga, Oq Uyning aniqlik kiritishicha, AQSH milliy xavfsizligi sohasida TikTok’ni alohida tekshirish davom etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp ma’muriyati dastur AQSH fuqarolarini kuzatishni osonlashtirishi mumkinligi sababli TikTok’ni ilovalar do‘konlarida joylashtirishni taqiqlashga uringandi. Ilova egasi ByteDance ayblovlarni rad etgandi. Shu munosabat bilan Tramp o‘tgan yilning avgust oyida “TikTok tahdidiga qarshi kurash to‘g‘risida” va “WeChat tahdidiga qarshi kurash to‘g‘risida” farmonlar imzolagandi. Ushbu farmonlarda Amerika yurisdiksiyalariga ByteDance bilan har qanday bitimlarni bekor qilish uchun bir oy muhlat berilgandi. Shundan so‘ng, Amerika kompaniyalari tomonidan dasturni sotib olish bo‘yicha munozaralar tufayli taqiq bir necha bor uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing