Bayden Trampni Amerika xalqiga hurmatsizlikda aybladi

Olam

image

Saylov kollegiyasi tomonidan AQSHning yangi Prezidenti sifatida tasdiqlangan demokrat Jozef Baydenning aytishicha, amaldagi davlat rahbari Donald Tramp sud orqali bir nechta shtatlarda ovoz berish natijalarini bekor qilishga harakat qilib, xalq irodasini hurmat qilishdan bosh tortgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

“Bu shunchalik darajada hurmatsizlikki, biz uni ilgari umuman ko‘rmagan edik. Bu pozitsiya xalq irodasini tan olish, qonun ustuvorligi va Konstitutsiyamizni hurmat qilishdan bosh tortishdir”, deydi Bayden Delaver shtatidagi Uilmington shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Sobiq vitse-prezident to‘rtta shtat – Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsindagi saylov natijalarini bekor qilish to‘g‘risidagi Texas da’vosini to‘liq rad etgan Oliy sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. 

”Bu Prezident Trampga sud bizning demokratiyamizga qilingan hujumda ishtirok etmasligi to‘g‘risida aniq signal”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabrda AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan sobiq vitse-prezident Jozef Bayden saylov kollegiyalari tomonidan rasman davlat rahbari etib saylandi.

Saylovchilar kollegiyasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Demokrat Prezident etib saylanish uchun kerak bo‘lgan 270 ta ovozni oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing