Bayden Tramp sanksiyalarining bir qismini bekor qildi

Olam

image

Jo Bayden ma’muriyati AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp tomonidan Xalqaro jinoiy sudga nisbatan kiritilgan sanksiya va viza cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Davlat departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken nomidan berilgan bayonotda aytilishicha, Bayden sanksiyalar bo‘yicha Tramp chiqargan farmonning bekor qilinishini tasdiqlagan. 

“Natijada, avvalgi ma’muriyat tomonidan XJS prokurori Fatu Bensuda hamda Yurisdiksiya, bir-birini to‘ldirish va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fakiso Mochochkoga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bekor qilindi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Davlat departamenti XJS xodimlari uchun viza cheklovlarini ham bekor qilgan. 

“Ushbu qarorlar bizning ko‘rilgan choralar noo‘rin va samarasiz bo‘lganini isbotladi”, deydi Blinken.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar haligacha XJSning Afg‘oniston va Falastinga nisbatan harakatlaridan qat’iyan rozi emas. Shu bilan birga, Davlat kotibi sud bilan sanksiyalarni ko‘rish emas, balki ziddiyatli masalalarda muloqot qilishga urinishni yanada samarali deb topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing