Bayden Tramp prezidentligida YeI bilan buzilgan aloqalarni tiklaydi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden ertaga, 25 mart kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari bilan videokonferensiya orqali uchrashadi. Bu haqda "Reuters" xabar bergan.  

Ushbu uchrashuvdan maqsad AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Donald Tramp prezidentligining 4 yilligida buzilgan aloqalarni tiklash bo‘ladi. 

Ular orasidan AQSHning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimidan chiqqani, Eron bilan yadroviy bitim va Yevropa Ittifoqidan tovarlarga tariflarni joriy etish masalalari joy olgan. 

"Men @POTUS'ni (AQSH Prezidenti) ushbu hafta o‘tkaziladigan Yevropa Kengashi yig‘ilishida kutaman. Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentini kelgusi hamkorligimiz to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishi uchun uchrashuvimizga qo‘shilishga taklif qildim. Transatlantik alyansimizni tiklash vaqti keldi", deb yozgan Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel o‘zining Twitter'ida. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati rahbarlari 25-26 mart kunlari videokonferensiya orqali koronavirusga qarshi vaksinalar, Rossiya, Turkiya va sanoat siyosati masalalarini muhokama qiladi. 

Bayden Xitoy va Rossiya bilan aloqalarni muhokama qilish maqsadida ushbu yig‘ilishda qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh EI

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing