Bayden Tehron qamoqxonasidagi yong‘inda Eron hukumatini aybladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Tehrondagi Evin qamoqxonasida yuz bergan yong‘inni Eron rahbariyatining zo‘ravonligi deb atadi. Uning so‘zlarini Oq uy matbuot xizmati keltirmoqda.

Amerika yetakchisi jazoni o‘tash muassasasidagi yong‘in haqidagi savolga javob berar ekan, Eron hukumatini o‘ta zo‘ravon ekanini aytgan.

“Bu yaxshi guruh emas”, deya qo‘shimcha qilgan u Islom respublikasi rasmiylariga ishora qilib.

Shu bilan birga, Bayden norozilik namoyishi uchun ko‘chaga chiqqan odamlarni juda hurmat qilishini aytib o‘tgan.

AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays Twitter'dagi sahifasida departament qamoqxonadagi vaziyat haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani, shu bilan birga u yerda saqlanayotgan Amerika fuqarolari xavfsizligi uchun Eronni mas’ul deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 oktyabr kuni Eronning mashhur Evin qamoqxonasida katta yong‘in sodir bo‘ldi va buning oqibatida 8 kishi jabrlandi. Bu joy ko‘plab siyosiy mahbuslar, jurnalistlar va xorij fuqarolari saqlanishi bilan taniqli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing