Bayden Sunak bilan Xitoy tahdidini muhokama qildi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Kaliforniyaning San-Diyego shahrida Avstraliya va Buyuk Britaniya Bosh vazirlari Entoni Albaneze va Rishi Sunak bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, Kiyevga keyingi yordam va Xitoy bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotlarda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Bayden va Sunak Kiyevni kelajakda qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish hamda Rossiyaga qarshi iqtisodiy sohada choralar ko‘rish haqida gaplashgan. Ular bir qancha xalqaro muammolar, jumladan, Xitoy chaqiriqlari, Hind-Tinch okeanida tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha umumiy majburiyat yuzasidan fikr almashgan. Bayonotda Bayden Bosh vazir Sunakni joriy yilning iyun oyida Vashingtonga tashrif buyurishga taklif qilganiga aniqlik kiritilgan.

Shuningdek, Bayden  Avstraliya Bosh vaziri Albaneze bilan ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazib, Xitoydan kelayotgan muammolarni muhokama qilgan. 

Bundan tashqari, AQSH rahbari Sunak va Albaneze bilan 2021 yilning kuzida Vashington, Kanberra, London tomonidan tuzilgan ittifoq (AUKUS – Australia – the United Kingdom – the United States) orqali o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha umumiy majburiyat haqida gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan ham uchrashgan va Ukrainaga yordam hamda Xitoy tahdidini muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden AUKUS Sunak Xitoy tahdidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made