Bayden sovuqdan qiynalayotgan AQSH aholisiga qo‘shimcha mablag‘ ajratadi 

Olam 1899
image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Oklaxoma shtatida qor bo‘roni sababli falokat yuz berganini e’lon qildi va shtat aholisi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda "The Hill" yozmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Oklaxomaning 16 ta okrugi aholisi va shtatdagi kichik korxonalar qo‘shimcha to‘lovlar oladi. 

Qabul qilingan musibat to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq Oklaxomadagi barcha munitsipalitetlar va okruglar "infratuzilmani ta’mirlash va qishki ob-havo ta’siri bilan bog‘liq xarajatlar" uchun davlat yordamini oladi. 

Xuddi shunday choralar AQSHning Texas va Luiziana shtatlari uchun ham qabul qilingan. 

Avvalroq, Texas shtatida taxminan to‘qqiz million kishi yoki shtat aholisining uchdan bir qismi sovuq harorat tufayli ichimlik suvi muammosiga duch kelayotgani haqida xabar bergandik.

Bayden kuchli qor yog‘ishi sababli Texasni tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilgandi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 53
Reyting: 2.9
t
×