Texasda yog‘gan qor “soxta” ekani aytilmoqda. Bayden va Geytsning bunga aloqasi bormi?
Olam
−
23 fevral 2021
22448Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQSHning Texas shtatini qoplagan qorni "soxta" deb o‘ylamoqda. Ular bu borada Amerika Hukumatidan shubhalanmoqda. Bu haqda "Business Insider" xabar bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar qorni olov bilan eritishga harakat qilgan, ammo u erimagan.
Internet foydalanuvchilari bunday videolarni yangi fitna nazariyasiga asos deb hisoblagan.
Ularga ko‘ra, AQSH rasmiylari Texasga "soxta qor" jo‘natmoqda.
AQSH Prezidenti Jo Bayden va Microsoft asoschisi Bill Geyts "soxta qor" yog‘ishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Manbaga ko‘ra, qorga olov yoqilganda, u rostan ham erimagan va darhol gaz holatiga o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, 20 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden kuchli qor yog‘ishi sababli Texasni tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilgan.
Avvalroq, AQSHda kuzatilayotgan qattiq sovuq tufayli Niagara sharsharasi qisman muzlab qolgani haqida xabar bergandik.