Bayden Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirish” sanasini aniq aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘arb davlatlari, Yevropa Ittifoqi va NATO yetakchilari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada Rossiya Ukrainaga joriy yilning 16 fevral kuni “bostirib kirishini” aytdi, biroq yevropaliklar uning fikriga qo‘shilmadi. Bu haqda “Politico” gazetasi xabardor manbalarga tayanib yozgan.  

“Prezident Jo Bayden bir soatlik suhbat chog‘ida G‘arb yetakchilariga 16 fevral sanasini aytdi”, deyilgan xabarda. 

Nashr “AQSHning ko‘plab rasmiylariga” tayanib, “Rossiya 16 fevraldayoq Ukrainaga jismoniy hujum boshlaydi va Vashington ittifoqchilarni bundan oldin qator raketa zarbalari va kiberhujumlar bo‘lishi mumkinligidan xabardor qilgan” deb da’vo qilmoqda. 

“Britaniya rasmiysi “bizda boshqacha talqin bor”, degan. Yevropa Ittifoqining ikki diplomati bundan ham shubhalandi”, deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishi” haqida yanglishib xabar bergan Amerikaning “Bloomberg” agentligi bir kun avval “hujum” 15 fevral kuni bo‘lib o‘tishi haqida fikr bildirgan. Tegishli ma’lumotni agentlikka “mansabdor shaxslar” bergan, biroq bu amaldorlar qaysi davlatlardan ekani, lavozimi va familiyasi qanday ekani aytilmagan va hech qanday dalil keltirilmagan. 

Kiyev va G‘arb siyosatchilari so‘nggi oylarda Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘plaganini iddao qilib keladi. Kremlda ta’kidlanganidek, qurolli kuchlar o‘z hududi doirasida harakat qilmoqda — bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni xavotirga solmasligi kerak. Tashqi ishlar vazirligining tushuntirishicha, “Rossiya tajovuzkorligi” haqidagi bayonotlar chegaradosh hududlarda NATO kontingentlarini to‘plash uchun bahona sifatida ishlatiladi va bunday ayblovlar ham kulgili, ham xavfli.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Bayden

Baholaganlar

1167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing