Bayden Rossiyani NATO va YeIni zaiflashtirishga urinishda aybladi
Olam
−
20 fevral 2021
4929Rossiya G‘arb demokratiyasiga hujum qilmoqda, NATO va “Yevropa loyihasi”ni zaiflashtirmoqchi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Rossiya rahbarlari odamlarning bizning tizimimiz ularnikiga qaraganda yoki hatto ko‘proq korrupsiyalashgan deb o‘ylashlarini xohlaydi. Ammo butun dunyo bunday emasligini biladi - shu jumladan Rossiya fuqarolarining o‘zi ham”, degan Bayden.
AQSH Prezidenti Rossiya rahbari Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi va NATOni kuchsizlantirishga uniryapti. Negaki Kreml uchun birlashmalar bilan muzokara o‘tkazishdan ko‘ra, alohida davlatlarga bosim o‘tkazish oson.
Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa uchun “kollektiv xavfsizlikni himoya qilish uchun” Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, shuningdek Rossiyaning xakerlik hujumlariga javob berish muhim.
Bayden o‘z nutqida, shuningdek, AQSHning dunyo maydoniga qaytganini va yevropalik hamkorlari bilan munosabatlarni tiklash tarafdoriligini ta’kidladi.
“Men hammaga aytaman: Amerika qaytdi” Transatlantik ittifoq qaytdi va biz ortga qaramaymiz”, degan Bayden.
LiveBarchasi