Bayden Rossiyaga qarshi “tishsiz” sanksiya qo‘llashda ayblandi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Respublikachilar partiyasi vakillari Kongressda Prezident Jo Baydenni Rossiya bilan muloqotdagi “zaif yondashuvi”ni tanqid qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Kongressmen-konservatorlar guruhi rahbari Jim Benksning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Barak Obama olib borgan siyosatni “qayta ishga tushirdi”.

“Vaholanki, saylovoldi targ‘ibotlar davrida demokratlar rahbari Trampning Moskvaga bo‘lgan munosabatini tanqid ostiga olib, ularni “yetarlicha qattiq emas” deya atagandi. Shu bilan bir qatorda Tramp Putin haqida ijobiy fikr bildirsa ham bu Moskvaga qarshi bir qator sanksiyalar qo‘llash uchun xalaqit qila olmasdi”, degan kongressmen.

O‘z navbatida Benks Baydenning so‘zlari harakatlarida namoyon bo‘lmayotganidan noroziligini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, Amerika rahbari zamonaviy qurol-yarog‘ haqidagi SNV-3 shartnomasini shartlarsiz uzaytirdi va Rossiyaga qarshi “tishsiz” sanksiyalar qo‘lladi. Shuningdek, Kongressni Baydenning “Shimoliy oqim-2”dagi pozitsiyasi ham xavotirga solmoqda, zero u yangi cheklov choralarining joriy etilishi ittifoqchilarning ahvolini “murakkablashtiradi” deya fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Jo Bayden Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, yaqin vaqtlar ichida neytral bo‘lgan hududda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. Qo‘shma Shtatlar rahbari Rossiya Qrim va Ukraina bilan chegarasidagi harbiylari sonini oshirganidan xavotirda ekanini aytib, AQSH barcha davlatlarning suverenitetini va hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun ko‘maklashishini qo‘shimcha qildi.

Ikki kundan so‘ng esa Vashington Moskvaga qarshi bir qator sanksiyalarni e’lon qildi va o‘nta rus diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bunga javoban Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bu sanksiyalar ikki davlat xalqi manfaatlari uchun ham xizmat qilmasligini ta’kidladi.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing