Bayden Rossiya Belarusga yadro qurolini joylashtirishiga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Federatsiyasi va Belarus o‘rtasida strategik bo‘lmagan yadroviy qurollarni joylashtirish bo‘yicha kelishuvni “o‘ta salbiy” deb baholadi. Bu haqda Bayden Oq uydagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Anjumanda jurnalistlarning ushbu kelishuvga AQSH Prezidenti qanday munosabatda ekani haqidagi savolga qisqagina “o‘ta salbiy” deb javob bergan. Davlat rahbari bu mavzuga ortiqcha to‘xtalishni va qo‘shimcha izoh berishni xohlamagan.

Aytish joizki, 25 may kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Moskvada YeOII forumida Rossiya Federatsiyasidan respublika hududiga strategik bo‘lmagan yadro qurollarini o‘tkazish boshlanishi haqida gapirgan. Aynan shu kuni Minskda Belarus va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirlari Viktor Xrenin va Sergey Shoygu Rossiyaning yadro qurollarini Belarus hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Rossiyaning taktik yadro qurollari Belarusga joylashtirilishini ma’lum qilgandi. Rossiya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1 iyulda Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Moskva Minskka yadroviy qurol tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Iskander” raketa tizimini allaqachon topshirgan va Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qayta jihozlashda yordam bergan. Belarus harbiy xizmatchilari Rossiya Federatsiyasida tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus' Bayden yadroviy qurollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing