Bayden Putinning Ukraina bo‘yicha “qizil chizig‘i”ni mensimadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda hech kimning "qizil chizig‘i"ni tan olmaydi. Bu haqda Oq uyda faoliyat yurituvchi jurnalistlar ma’lum qildi.

"Men hech kimning "qizil chizig‘i"ni qabul qilmayman", degan Oq uy rahbari.

Shu bilan birga, u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uzoq suhbatga umid qilayotganini ta’kidladi.

"Biz Rossiya harakatlari haqida uzoq vaqtdan beri bilamiz va biz uzoq suhbatlashamiz deb umid qilaman", degan Bayden Rossiyaning Ukrainaga bosqinini oldini olish haqidagi savolga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Putin bu hafta "Rossiya chaqirmoqda" forumida Ukrainadagi "qizil chiziqlar" haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlat hududiga qurol-yarog‘ joylashtirilishi va davlat xavfsizligiga boshqa tahdidlar Moskva uchun "qizil chiziq" bo‘ladi. TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova, o‘z navbatida, Ukrainaning NATOga kirishi ham “qizil chiziq” bo‘lishini ta’kidladi.

Hozir Moskva va Vashington Putin va Bayden o‘rtasida videoaloqa formatida muzokara o‘tkazish masalasini  muhokama qilmoqda. Taxminiy sanalardan biri 7 dekabr. Rossiya yetakchisi yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, muhokama qilinadigan mavzular strategik barqarorlik, Afg‘oniston, Eron, Liviya va Ukrainadagi vaziyat bo‘ladi.

So‘nggi vaqtlarda G‘arb OAVda Rossiya Ukraina chegarasiga qo‘shin joylashtirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. O‘z navbatida Moskva bu xabarlarni rad etib kelyapti. Biroq Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z hududida askarlarini istagancha harakatlantirishi mumkinligini aytib o‘tdi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing