Bayden Putinga qo‘ng‘iroq qilib, rasmiy uchrashuv taklif qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 13 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda oliy darajadagi uchrashuv taklif qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezident Bayden Rossiya bilan AQSH manfaatlariga mos keladigan barqaror va bashorat qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarni o‘rnatish maqsadini tasdiqladi”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Qayd etilishicha, Jo Bayden yaqin oylarda uchinchi davlatda sammit o‘tkazib, u yerda AQSH va Rossiya oldida turgan barcha masalalarni muhokama qilish taklifini bergan.

Rossiya Prezidenti Matbuoti xizmati xabariga ko‘ra, Bayden strategik barqarorlik, qurollanishni nazorat qilish, Eron yadro dasturi, Afg‘onistondagi vaziyat va global iqlim o‘zgarishi kabi keskin muammolar bo‘yicha barqaror o‘zaro aloqalarni o‘rnatishga qiziqish bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Putin va Bayden o‘rtasidagi telefon orqali suhbat Amerika tomonining tashabbusi bilan tashkillashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni “qotil”, deb bilishini aytgan edi. Bunga javoban, Putin Amerika rahbariga sog‘lik tilab, uni jonli efirdagi munozaraga taklif qildi. Bayden jamoasi esa Rossiya rahbarining ushbu tashabbusiga rad javobini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing