Bayden Putin bilan o‘ta muhim masalani muhokama qilmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiya va Amerika munosabatlaridagi keskinlik davom etayotganiga qaramay, joriy yilning yozidan beri Strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnoma (START – Strategic Arms Reduction Treaty) bo‘yicha Moskva bilan muloqotni tiklashga intilmoqda. Bu haqda “Foreign Policy” jurnali yozmoqda.

AQSHning amaldagi va sobiq rasmiylariga ko‘ra, START bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash, Oq uy va Davlat departamentining, hech bo‘lmaganda, shu yozdan beri yashirin maqsadi bo‘lib kelgan va Rossiya bilan bu masala bo‘yicha yangi uchrashuvni rejalashtirish bir necha oydan beri davom etmoqda.

Maqolada qayd etilishicha, AQSHning muzokaralar olib borish istagi Bayden ma’muriyati sanksiyalar bilan Rossiyani xalqaro maydonda yolg‘iz qoldirish harakatiga qaramay, ba’zi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha Vladimir Putin bilan muloqot qilishga tayyorligini ko‘rsatadi.

Kecha, 11 noyabr  kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov START shartnomasi bo‘yicha Rossiya-AQSH ikki tomonlama maslahat komissiyasining yig‘ilishi noyabr oyi oxiri yoki dekabr oyi boshida Qohirada bo‘lib o‘tishi va mavzulardan biri tekshiruvlarni qayta tiklash bo‘lishini aytgan edi.

SRART III shartnomasi 2011 yilning 5 fevralida Barak Obama va Dimitriy Medvedev tomonidan imzolangan. Unga ko‘ra, Vashington va Moskva qit’alararo ballistik raketalar, og‘ir bombardimonchi samolyotlar, jangovar kallaklar, suv osti kemalaridagi ballistik raketalar sonini cheklashga kelishib olgan. Tomonlar bu maqsadga  erishganlarini va hozirda o‘zlarining yadroviy arsenalini belgilangan miqdorda ushlab turganini aytadi. Jo Bayden START III ning amal qilish muddatini hech qanday o‘zgarishsiz yana besh yilga uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing