Bayden prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berdi (video)
Olam
−
30 Oktabr
3772AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berdi. Shuningdek, 50 mln amerikalik saylovlardan 1 hafta oldin o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyukasl shahrida joylashgan uchastkada mamlakat prezidenti saylovlari uchun muddatidan oldin ovoz berdi. U buning uchun boshqa saylovchilar bilan birga qariyb 40 daqiqa navbatda turgan.
Nashrga ko‘ra, saylov kuniga yetti kun qolganida 50,5 milliondan ortiq amerikalik allaqachon ovoz berib bo‘lgan. CNN muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati mavjud bo‘lgan 36 shtatda ovoz berayotganlar sonini kuzatmoqda, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish ko‘rsatkichlari to‘rt yil avvalgi – COVID-19 pandemiyasi paytida rekord darajadagi ovoz berish ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanmoqda. Nashrning yozishicha, COVID-19 pandemiyasi davrida ayrim saylovchilar ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qilgan holda shaxsan ovoz berishdan cheklangan va buni pochta orqali amalga oshirgan.
“To‘rt yildan so‘ng, mamlakat pandemiyadan chiqqan bir paytda, ko‘proq saylovchilar muddatidan oldin yoki saylov kunida shaxsan ovoz berishga qaytishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, AQSHning 47-Prezidenti saylovlari joriy yilning 5 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Bu lavozim uchun demokratlar partiyasidan Kamola Harris, respublikachilar partiyasidan esa Donald Tramp nomzodlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft korporatsiyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts AQSH vitse-prezidenti va Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Harrisning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotga 50 million dollar xayriya qilgan edi.
LiveBarchasi