Bayden Polshaga boradi

Olam

image

Joriy yilning 25 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Polshaga tashrif buyuradi va mamlakat Prezidenti Anjey Duda bilan uchrashadi. Bu haqda Amerika yetakchisining yakshanba kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan ish jadvalida aytilgan.  

Qayd etilishicha, dastlab Jo Bayden Bryusselda Yevropa Ittifoqi va NATO yetakchilari bilan uchrashadi. Amerika Prezidenti tashrifi chog‘ida Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini muhokama qiladi.

“Prezident Jozef Bayden bu hafta Belgiyaning Bryussel shahrida NATO ittifoqchilari, G7 yetakchilari va Yevropa Ittifoqi bilan uchrashuvlardan so‘ng, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga bosqinchilik uchun misli ko‘rilmagan zarar yetkazish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muhokama qilish uchun Polshaga boradi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, AQSH o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga jo‘natmoqchi emas, lekin NATO davlati buni amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Amerikaning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild ma’lum qilgan.

“NATO konferensiyasida qanday qarorlar qabul qilinishini va NATO Polshaning Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborish taklifiga qanday munosabatda bo‘lishini bashorat qila olmayman. Aytishim mumkinki, hozircha Ukrainada Amerika qo‘shinlari bo‘lmaydi. Buni Prezident aniq aytdi. Ammo NATOning boshqa davlatlari Ukraina hududiga qo‘shin jo‘natish istagida degan qarorga kelishi mumkin” degan edi Tomas-Grinfild.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing