Bayden pandemiya sharoitida aholiga Trampdan ko‘ra ko‘proq pul tarqatmoqchi

Olam 2119
image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden koronavirus pandemiyasi paytida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,9 trillion dollarlik rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar bergan. 

Rejada AQSH fuqarolariga 1,4 ming dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishicha, amerikaliklarga 600 dollar miqdorida to‘lovlarni o‘z ichiga olgan ilgari qabul qilingan to‘plam bilan birgalikda, davlatdan yordamning umumiy miqdori 2000 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Avvalroq, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp kongressmenlar tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat rejasi tomonidan talab qilingan 2 ming dollar o‘rniga 600 dollar miqdoridagi to‘lovlarni o‘z ichiga olgan rejani tanqid qilgandi. O‘tgan yil oxirida ushbu paket Tramp tomonidan imzolangan mamlakatning 2021 yilgi byudjetiga kiritilgan edi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 60
Reyting: 3
Teglar
t
×