Bayden ortidan Litva Prezidenti ham Putinni “qotil”ga chiqardi. Kreml esa jim

Olam

image
0:00
0:00
download

Litva Prezidenti Gitanas Nausedaning ta’kidlashicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni qotil deb atash mumkin. Bu haqda Gitanasning “Baltic News Service” agentligiga bergan inetrvyusida so‘z boradi

Jurnalist Prezidentga Jo Baydenning fikriga qo‘shilib, Putinni qotil deb atash mumkinmi, deya savol bergan. Bunga Litva Prezidenti “afsuski, ha”, deb javob bergan.

Litva Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ochiqdan-ochiq Ukraina kabi qo‘shni davlatlarning hududiy yaxlitligini inobatga olmayapti.

“Men ko‘plab befarqlik alomatlarini ko‘rmoqdaman. Kreml so‘nggi paytlarda rivojlangan dunyo qadriyatlari bo‘lgan xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi hamda qo‘shnilarning hududiy yaxlitligiga nisbatan ochiqdan-ochiq beparvolikni namoyish qilmoqda”, deydi Nauseda.

Uning ta’kidlashicha, yana bir muhim jihat – Rossiyadagi vaziyat. Bu yerda rejim Aleksey Navalniy kabi muxolifat liderlarini shafqatsizlarcha ta’qib qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidentini “qotil” deb bilishini aytgan edi. Bunga javoban Putin Amerika rahbariga sog‘liq tilib, uni jonli efirdagi munozaraga taklif qildi. Bayden jamoasi esa Rossiya rahbarining ushbu tashabbusiga rad javobini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing