Bayden Oq uydagi Xellouin bayramida bolalarni tishlab oldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Xellouin bayrami paytida kamida ikki bolani tishlab oldi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 30 oktyabr kuni bolalar Oq uydagi xristianlarning Xellouin bayram oqshomiga onalari bilan kelgan va u yerda Prezident bilan uchrashgan. AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden panda libosini kiygandi. Birinchi oila birgalikda bolalarga shirinliklar tarqatgan.

Bayram payti olingan suratlarning birida Bayden tovuq libosida kiyingan bolaning oyog‘ini tishlab turgani aks etgan. Manbaga ko‘ra, u bu ishni bir marta emas ikki marotaba takrorlagan.

“Chorshanba kuni kechqurun Oq uydagi tadbirda Prezident Bayden Xellouin kiyimidagi kamida ikkita chaqaloqni hazillashib tishlab turgan holda suratga tushgan”,  deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovi uchun muddatidan oldin ovoz bergandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyukasl shahrida joylashgan uchastkada mamlakat Prezidenti saylovlari uchun muddatidan oldin ovoz berdi. U buning uchun boshqa saylovchilar bilan birga qariyb 40 daqiqa navbatda turgan. Shuningdek, 50 mln amerikalik saylovlardan 1 hafta oldin o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing