Bayden muhojirlarga AQSH fuqaroligini bermoqchi
Olam
−
19 iyun
6705Kecha, 18 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Shtatlarda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yuz minglab muhojirlarga potensial fuqarolikni taklif qilish bo‘yicha keng ko‘lamli saylov aksiyalarini o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda “ABC News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolikni qo‘lga kiritish uchun immigrant AQSHda kamida 10 yil yashagan hamda AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan bo‘lishi kerak. Agar muhojir yuqoridagi talablarga javob bersa, ularning arizasi qabul qilinadi va uch yil davomida “Green Card”ga ariza topshiradi. Shu vaqt davomida muhojir vaqtinchalik ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ladi, shuningdek deportatsiyadan himoyalanadi.
Shu bilan birga, otasi yoki onasi AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan 50 000 ga yaqin fuqaroligi bo‘lmagan bolalar ham jarayonga mos kelishi mumkin.
Bildirilishicha, ma’muriyat arizalarni yoz oxirigacha qabul qilishini ma’lum qilgan. To‘lov miqdori esa hali aniqlanmagan.
“Ozodlik haykali Amerikadagi shunchaki tarixiy yodgorlik emas. Bu hali ham bizning kimligimizni ko‘rsatadi. Immigratsiyani qo‘llab- quvvatlaymiz degani, chegaralarimizni himoya qilishdan voz kechmaymiz degani emas”, deydi Bayden Oq uyda so‘zlagan nutqida.
Nashrga ko‘ra, Baydenning bu harakatlari immigratsiyaga nisbatan ommaviy deportatsiyaga undayotgan va muhojirlarni xavfli jinoyatchi sifatida ko‘rayotgan Donald Tramp bilan jiddiy siyosiy ziddiyatni keltirib chiqaradi.
Bayden nutqi davomida Trampni muhojirlar haqidagi qo‘rquvga berilib ketganlikda, shuningdek, uning bu harakatlari janubiy chegarada oilalarning ajralishiga olib kelayotganini tanqid qildi.
LiveBarchasi