Bayden Makron bilan Rossiya va Xitoyga qarshi kelishib oldi
Olam
−
08 mart 2023
6914AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning fransiyalik mavqedoshi Emmanuel Makron kecha, 7 mart kuni telefon orqali gaplashib, bir qator muhim masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki davlat yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha yordam ko‘rsatishni davom ettirish hamda urushda yetkazilgan zararlarni Rossiyadan undirish majburiyatini muhokama qilgan.
Shuningdek, Prezidentlar Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlik hamda Xitoy tomonidan keltirib chiqarilgan muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, yetakchilar toza energiya iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish majburiyatini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, u bilan ham Rossiya va Xitoyga qarshi turishga kelishib olgan edi.
LiveBarchasi