Bayden ma’muriyati Zelenskiyni Putin bilan muzokaralarga undagan

Olam

image

Ukarina Prezedenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzaralarni Prezident Vladimir Putin bilan boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi pozitsiayasi AQSH yetakchisi Jo Bayden ma’muryatining yengil turtkisi bilan bog‘liq. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, “Politico” nashri yozmoqda.

Joriy yilning 7 noyabr kuni Zelenskiy muzokaralar uchun beshta shartni, jumladan, Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash, urush jinoyatlarini jazolash va tovon to‘lash kabi avval aytganlarini takrorlab o‘tdi. Oldingi gaplaridan farqli ravishda Zelenskiy muzokaralar Rossiyaning Putindan keyingi rahbariyati bilan o‘tkazilishini urg‘ulamadi.

Manbaga ko‘ra, Ukraina pozitsiyasidagi bu o‘zgarish Kiyev va Vashington o‘rtasidagi bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng va Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning Zelenskiy bilan yuzma-yuz ko‘rishishi ortidan yuz berdi. AQSH rasmiylari Zelenskiy va uning yordamchilariga o‘z pozitsiyalarining o‘zgarishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmagan. Biroq, ularga Kiyevga urushni oqilona va tinch yo‘l bilan tugatishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishlari zarurligi aytilgan.

Nashrga AQSH rasmiylaridan birining  ma’lum qilishicha, Kiyevning hozirgi pozitsiyasi bu butun dunyoga mojaroni hal qilmoqchi bo‘layotgan Rossiya emas, Ukraina ekanligini tasdiqlaydi.

“Bu ular hozir muzokaralar stoliga o‘tishlari kerak degani emas. Biz Rossiya qilayotgan ishlarga asoslanib, hozir (muzakaralar uchun – tahr.) to‘g‘ri vaqt deb o‘ylamaymiz. Ammo ular (Kiyev) mojaroni hal qilishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak, chunki hech kim bu mojaroning tugashini Ukrainadan ko‘ra ko‘proq istamaydi”, degan amerikalik rasmiy.

Demokratlar va Respublikachilar so‘nggi haftalarda Bayden jamoasiga urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun bosim o‘tkazishdi. O‘shandan beri AQSH rasmiylari keskinlikni pasaytirish va noto‘g‘ri hisob-kitoblarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ukrainalik va rossiyalik hamkasblari bilan aloqada bo‘lganliklarini tasdiqladi. 

Zelenskiy AQSH Kongressiga Oraliq saylovlar oldidan yangi pozitsiyasini e’lon qilgan edi. Saylov natijalariga ko‘ra, Respublikachilar Kongressning kamida bitta palatasini qaytarib olishlari kutilmoqda. Bu Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Ukraina hukumati vakillari Zelenskiyning pozitsiyasi o‘zgargani borasidagi savollarga darhol javob bermagan. Milliy xavfsizlik kengashi bu voqeaga izoh berishdan bosh tortgan. Biroq, Jeyk Sallivan Ukrainada bo‘lib turgan paytda xalqaro hamjamiyat bilan gaplashiladigan asosiy mavzu Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatishning shartlari to‘g‘risida bo‘ladi.

 “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyat bilan gaplashishimiz kerak bo‘lgan suhbat – “Ukraina uchun adolatli va mustahkam tinchlikning shartlari nima?” degan mavzuda bo‘ladi. Biz aynan shu tomon harakat qilmoqchimiz, biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz va jamoaviy sa’y-harakatlarimiz bunga erishishga yordam berishiga ishonamiz”, degan Sallivan.

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan Kurt Volkerning fikricha, AQSH ochiqchasiga Kiyevni muzokaralar stoliga tortmasligi kerak. Hech bo‘lmaganda hozir muzokaralarning mavridi emas.

“Shubhasiz, Putin jiddiy muzokaralar olib borish yoki bu shartlarni (Zeleniskiy qo‘ygan shartlarni – tahr.) qabul qilish niyatida emas. Putin urushni davom ettirishga va Ukraina shaharlarini nishonga olishga qaror qilgan. Ukraina jang maydonida qat’iy g‘alaba qozonishi, o‘z hududini qaytarib olishi kerak. AQSH ukrainaliklarga imkon qadar tezroq buni amalga oshirishga yordam berishga harakat qilishi lozim”, degan u.

Jo Bayden ma’muriyati esa Zelenskiydan muzkaralarning asosiy sharti bo‘lgan Putinning hokimiyatdan ketishi kerakligi to‘g‘risidagi bandni olib tashlashni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Jeyk Sallivan

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing