Bayden kuzda Si bilan gaplashib olmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kuzda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan gaplashmoqchi. Bu haqda u Vashington yaqinidagi Kemp Deviddagi qarorgohida Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bilan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Men bu yil kuzda Balidagi suhbatimizni davom ettirishni sabrsizlik bilan kutaman", degan AQSH Prezidenti. 

Shuningdek, matbuot anjumanida Baydendan AQSH Xitoydan ustunmi yoki yo‘qmi, deb so‘ralgan. 

"Biz har qanday musobaqada g‘alaba qozonamiz", deb javob bergan AQSH yetakchisi.

Ma’lumot uchun, Bayden va Si Szinpin  oxirgi marta 2022 yilning 14 noyabrida Indoneziyaning Bali orolida uchrashgan. O‘shanda yetakchilarning suhbati uch yarim soatdan ortiq davom etgan. Unda Bayden Si Szinpinga Qo‘shma Shtatlar hali ham “yagona Xitoy” siyosatiga amal qilishini va Tayvan bo‘g‘ozidagi status-kvoni o‘zgartirishga qarshi ekanini aytdi. Xitoy tomoni muzokaralarni konstruktiv deb atadi va Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 avgust kuni Jo Bayden Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashib, ular bilan Xitoyni tiyib turishni muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Si Tszin'pin Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing