Bayden koronavirusga qarshi urush e’lon qildi
Olam
−
26 noyabr 2020
8674Amerika Qo‘shma Shtatlarining ehtimoliy yangi Prezidenti Jo Bayden televideniye orqali fuqarolarga yo‘llagan murojaatida koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatni “og‘ir va uzoq qish” kutib turganini aytdi. Bu hada “NBC News” xabar bermoqda.
Bayden koronavirus yoki unga qarshi emlash haqidagi bayonotlarni siyosiy, deb hisoblamaslikni so‘radi. “Biz bir-birimiz bilan emas, balki virus bilan kurashamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Baydenning ta’kidlashicha, amerikaliklarni koronavirusga qarshi emlash dekabr oyida boshlanadi. Oq uy avvalroq Qo‘shma Shtatlarda emlash 11 dekabrda boshlanishi mumkinligi haqida aytgan edi.
“Koronavirusga qarshi dastlabki emlash ishlari dekabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Keyin vaksinalarni tarqatish rejasini ishlab chiqishimiz kerak, shunda butun mamlakat aholisi tezroq emlanadi”, deydi Bayden.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizgacha bo‘lgan qismini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
Keyinchalik, Amerikaning Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinani sotib olmoqchi bo‘lganlarga har bir doza 25-37 dollardan yetkazib berilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja Turkiya Hukumati mamlakat fuqarolarini koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul emlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
Umidjon Nozimjonov
LiveBarchasi